Savol-javob
Eng ko'p so'raladigan savollarga javoblar. Savolingiz topilmadimi? Qo'ng'iroq qiling — yordam beramiz.
Ro'yxatdan o'tish
Saytdagi formani to'ldiring yoki qo'ng'iroq qiling — menejerimiz ish vaqtida siz bilan bog'lanadi, toifa va filialni tanlashda yordam beradi. O'rin oldindan to'lov bilan band qilinadi.
To'lov
Ha. O'rinni band qilish uchun oldindan to'lov kifoya, qolgan summani o'qish davomida bo'lib to'lashingiz mumkin.
To'lov filialda naqd yoki karta orqali qabul qilinadi. Onlayn to'lov hozircha mavjud emas.
O'quv jarayoni
Toifaga qarab 1 oydan 3 oygacha. Har bir toifa sahifasida aniq muddat ko'rsatilgan.
Guruhlar ertalabki va kechki vaqtlarga bo'lingan — ish yoki o'qish bilan birga olib borish qulay. Aniq jadvalni filial bilan kelishasiz.
Imtihonlar
Ichki imtihonlar o'z avtodromimizda o'tkaziladi, davlat imtihoni esa belgilangan imtihon markazida topshiriladi. Bosqichlarga to'liq tayyorlab boramiz.
Qayta topshirishga tayyorlanish uchun maxsus ekspress kurslarimiz bor: nazariya bo'yicha 10 kunlik jadal kurs va instruktor bilan yakkama-yakka amaliy mashg'ulotlar.
Hujjatlar
Pasport yoki ID karta, tibbiy ma'lumotnoma (083-shakl) va 3.5×4.5 sm o'lchamdagi 4 ta foto. Ba'zi toifalar uchun mavjud guvohnoma ham talab qilinadi.
B toifa uchun o'qishni 17 yoshdan boshlash mumkin, imtihon 18 yoshda topshiriladi. Boshqa toifalar uchun yosh talablari toifa sahifalarida ko'rsatilgan.
Savolingiz qoldimi?
Qo'ng'iroq qiling yoki Telegram orqali yozing — tezda javob beramiz.

