Biz haqimizda
Turon Avtomaktab — Namangan viloyatidagi yetakchi haydovchilik maktablaridan biri.
Maqsadimiz oddiy: har bir o'quvchimizni yo'lda o'ziga ishonadigan, qoidalarni hurmat qiladigan va xavfsiz haydaydigan haydovchi qilib tayyorlash. Buning uchun kuchli nazariy baza, real amaliyot va natijaga yo'naltirilgan tizim ustida ishlaymiz.
Bugun Turon — bu viloyat bo'ylab 7 ta filial, o'z avtodromi, zamonaviy o'quv transporti va minglab muvaffaqiyatli bitiruvchilar. Har oy yuzlab o'quvchilarimiz imtihonlardan o'tib, haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lmoqda.

Azimov Murodillo Jalolxonovich
Turon Avtomaktab asoschisi va direktori (CEO)
Turon Avtomaktab shu rahbarlik ostida faoliyat yuritadi. Maqsad — har bir o'quvchini yo'lda o'ziga ishonadigan, qoidalarni hurmat qiladigan va xavfsiz haydaydigan haydovchi qilib tayyorlash.
Tug'ilgan sana: 1986-yil 10-oktabr
Raqamlarda
7
Filiallar
12 000+
Bitiruvchilar
10+
Yillik tajriba
O'qish qanday kechadi
Ro'yxatdan o'tishdan guvohnoma olishgacha — har bir bosqich aniq va tushunarli.
- 1
Ro'yxatdan o'tish
Ariza qoldirasiz, menejer qo'ng'iroq qilib guruhga yozadi.
- 2
Nazariy kurs
Yo'l qoidalari va xavfsizlik asoslarini o'rganasiz.
- 3
Avtodrom
Amaliy elementlarni o'z avtodromimizda mashq qilasiz.
- 4
Shahar amaliyoti
Instruktor bilan real yo'l sharoitida haydaysiz.
- 5
Imtihon
Ichki sinovdan so'ng davlat imtihonini topshirasiz.
Imtihon kunidek haqiqiy sharoitda mashq qiling
Har bir filialimizda emas, balki maxsus qurilgan avtodromda — davlat imtihonidagi barcha elementlarni xotirjam va xavfsiz mashq qilasiz. Halqa harakati, garajga orqa yurish, estakada, parallel parkovka — barchasi haqiqiy razmetka bilan.
- Davlat imtihoni razmetkasiga mos maydon
- Har bir o'quvchiga yetarlicha amaliyot vaqti
- Tajribali instruktorlar nazorati ostida
Zamonaviy o'quv avtomobillari
Har bir mashg'ulot texnik jihatdan sozlangan, brendlangan o'quv avtomobillarida o'tkaziladi.






Qadriyatlarimiz
Halollik
Aniq narxlar, oshkora shartlar va real natijalar bilan ishlaymiz.
Xavfsizlik
Biz shunchaki imtihonga emas, umr bo'yi xavfsiz haydashga o'rgatamiz.
Natija
Tizimimiz har bir o'quvchini imtihondan o'tishiga qaratilgan.

Bugun birinchi qadamni tashlang
Formani to'ldiring — menejerimiz ish vaqtida qo'ng'iroq qilib, barcha savollaringizga javob beradi.

